Xalqaro jinoiy sud Moʻgʻulistonga ayblov qoʻydi
Bu Vladimir Putinning ushbu davlatda hibsga olinmagani bilan bogʻliq.

Moʻgʻuliston Rossiya rahbari Vladimir Putinni hibsga olishdan bosh tortib, Rim statutini buzgan deya topildi.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi (XJS) Moʻgʻuliston Vladimir Putinni mamlakatga tashrifi chogʻida hibsga olishdan bosh tortib, sud ishiga toʻsqinlik qilgan va Rim statutini buzganini rasman tan oldi.
Tashkilot matbuot bayonotida aytilishicha, keyingi chora-tadbirlar masalasi "Moʻgʻuliston talabni rad etishining jiddiyligi sababli" XJSga aʼzo davlatlar Assambleyasiga yuborilgan.
Ushbu ayblov Moʻgʻuliston uchun qanday oqibatlarga olib kelishi nomaʼlum: sudda davlatni oʻz majburiyatlarini bajarishga majburlash mexanizmlari hozircha yoʻq.
Putin shu yilning sentabrida Moʻgʻulistonga tashrif buyurgan edi. Bu tashrif Rossiya prezidentining Rim statutini imzolagan davlatlar orasida 2023 yilning mart oyidan keyin birinchi tashrifi boʻldi. Xuddi shu vaqtda sud uni hibsga olishga order bergandi.
Rossiya nizomni imzolamadi va sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi.