SMM maktabda bepul oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanmoqda
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 1000 nafar qizni bepul oʻqitishga qaratilgan loyiha uchun arizalar qabuli 25 oktabr kuni yakunlanadi.

Poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga oʻqitib, bandligini taʼminlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul oʻqitilishi xabar berilgandi.
25 oktabr kuni soat 12:00 holatiga koʻra, 3 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Bugun, 25 oktabr kuni soat 00:00da mazkur loyiha uchun qabul yakunlanadi.
Ayol-qizlardan fursatni boy bermay tezroq roʻyxatdan oʻtish soʻralmoqda. Buning uchun yana bir necha soat vaqt bor.
Roʻyxatdan oʻtish uchun: @smaktabbot