platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini tabrikladi

Bugun Qozogʻistonda Respublika kuni nishonlanmoqda. 1990 yil 25 oktabr kuni Qozogʻiston SSRning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan. 

Siyosat
25-oktabr 2024 yil
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqayevni Respublika kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Oq Oʻrda matbuot xizmati xabar berdi.

"Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz tabrigida Qozogʻistonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar, keng qamrovli va tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekiston rahbari mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ham taʼkidladi" deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugun 25 oktabr kuni Qozogʻistonda Respublika kuni nishonlanmoqda. 1990 yil 25 oktabr kuni Qozogʻiston SSRning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+