platina.uz

Prezident EXHTning parlament saylovini kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda boʻlajak parlament sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari yuzasidan  fikr almashildi.

Siyosat
25-oktabr 2024 yil
Prezident EXHTning parlament saylovini kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (EXHT DIIHB) parlament saylovini kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Duglas Ueykni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatda boʻlajak parlament sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Oʻzbekiston bilan EXHT va uning institutlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqot oʻrnatilgani, xususan, byuro bilan unumli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi, deyiladi xabarda.

Boʻlajak parlament sayloviga tayyorgarlik koʻrish doirasida DIIHB kuzatuvchilari missiyasi faol ishlayotgani yuqori baholandi. Byuro ekspertlari milliy saylov tizimini takomillashtirish jarayonida ishtirok etdilar. Ular bildirgan tavsiya va takliflarning aksariyati inobatga olinib, mamlakatimiz qonunchiligiga tatbiq etildi.

Bu galgi saylov ilk bor yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining parlament va mahalliy vakillik organlarining rolini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qoidalari asosida aralash saylov tizimi boʻyicha oʻtkazilayotgani alohida taʼkidlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+