platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda tugʻilishlar soni oʻtgan yilga nisbatan kamaydi

Toʻqqiz oyda 693 mingdan ziyod chaqaloq tugʻilgan (2023 yilda bu raqam 716 mingni tashkil etgan). Doimiy aholi soni jami 37,4 mln kishini tashkil etdi. 

Oʻzbekistonda tugʻilishlar soni oʻtgan yilga nisbatan kamaydi

2024 yilning 1 oktabr holatiga Oʻzbekiston doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan. Statistika agentligi maʼlumot berdi.

Shuningdek, tugʻilishlar soni biroz kamaygan.

Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024 yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan.

2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.

Lekin umumiy tugʻilishlar soni 2023 yilga nisbatan kamaygan. 9 oy yakunlariga koʻra, mamlakatda tugʻilish 3,2 foizga qisqargan va 693 897 nafarni tashkil etgan. Oʻtgan yili shu davrda 716 885 tugʻilish qayd etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid