Olimlar Shimoliy Yevropa davlatlarini katta inqirozdan ogohlantirdi
Atlantika okeani oqimining meridional aylanishi issiqlikni Shimoliy yarim sharga tashish uchun asosiy mexanizmdir. Ushbu tizim Arktika mintaqasi va undan tashqaridagi barcha odamlar uchun yashash sharoitlarini belgilaydi.

Sayyoramizning 44 ta yetakchi iqlimshunos olimlari Atlantika okeanidagi asosiy oqimlarning oʻzgarishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan falokat haqida ogohlantirib, shimoliy Yevropa mamlakatlari rahbarlariga xat yozishdi.
Olimlarning fikriga koʻra, inqiroz shu asrning boshida sodir boʻlishi mumkin.
Mutaxassislar joriy holatning oʻzgarishi ehtimoli juda kam baholanayotganini taʼkidlab, rasmiylarni zudlik bilan chora koʻrishga chaqirdilar.
Atlantika meridional aylanishi (AMOC) issiqlikni Shimoliy yarim sharga tashish uchun asosiy mexanizmdir. Ushbu tizim "Arktika mintaqasidagi va undan tashqaridagi barcha odamlar uchun yashash sharoitlarini belgilaydi".

Olimlarning taʼkidlashicha, global isish tufayli yuzaga kelgan AMOS sekinlashishi, birinchi navbatda, Shimoliy Yevropa mamlakatlari uchun qattiq sovish va ekstremal ob-havo sharoitlariga tahdid soladi.
"Okean oqimining bunday oʻzgarishi, ayniqsa, Shimoliy Yevropa mamlakatlari uchun, balki dunyoning boshqa qismlari uchun ham halokatli va qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarga olib keladi", deyiladi maktubda.
Global isish ham tabiat, ham insoniyat uchun koʻplab salbiy oqibatlarga olib keladigan muammodir. Bu dunyoning koʻplab mintaqalarida iqlim sharoitining oʻzgarishiga olib keladi. Yer yuzida havo haroratining koʻtarilishi oqibatida boʻronlar, toshqinlar, qurgʻoqchilik, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, suv va oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelmoqda.