platina.uz

Muhtoj aholiga uy taʼmiri uchun kam foizli kredit beriladi

Kambagʻallikdan chiqarish dasturida uy-joy qurayotgan yoki taʼmirlayotganlar uyining kadastr pasportini shakllantirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda toʻlovlar 50 foizga kamaytiriladi. 

Jamiyat
25-oktabr 2024 yil
Muhtoj aholiga uy taʼmiri uchun kam foizli kredit beriladi

Vazirlar Mahkamasiga qaroriga koʻra, "mahalla yettiligi" tavsiyasi bilan kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish boʻyicha nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, uy taʼmirlash uchun aholiga 120 mlngacha past foizli kredit beriladi.

Shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida foiz miqdorlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlab beriladi.

Uyni taʼmirlash uchun kreditlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan qoida tariqasida Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank va Biznesni rivojlantirish banklari tomonidan ajratiladi.

Kambagʻallikdan chiqarish dasturida uy-joy qurayotgan yoki taʼmirlayotganlar uyining kadastr pasportini shakllantirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda toʻlovlari 50 foizga kamaytiriladi.

Yakka tartibdagi uy-joylar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki toʻlovning bir qismi qoplash uchun subsidiyalar subsidyplatform.mf.uz platformasi orqali ajratiladi.

Nizomga koʻra, qarz oluvchilar 18-60 yosh oraligʻida boʻlishi kerak. Qarz oluvchining boshqa kreditlari boʻyicha qarz yuki daromadining 60 foizidan yuqori boʻlmasligi kerak.

Tijorat banklari uning oylik daromadini aniqlash maqsadida ish haqi maʼlumotlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Salbiy kredit tarixi ipoteka kreditining rad etilishiga sabab boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+