platina.uz
Jahon

Turkiya Suriya va Iroq shimolidagi 32 nishonni yoʻq qildi

Bu 23 oktabr kuni Anqarada sodir boʻlgan teraktga javob sifatida amalga oshirilgan. Terakt sabab besh kishi halok boʻldi, ikki kishi ogʻir ahvolda. 

Turkiya Suriya va Iroq shimolidagi 32 nishonni yoʻq qildi

Turkiya Anqaradagi terakt ortidan Iroq shimoli va Suriya shimolidagi Kurdiston Ishchi partiyasi (PKK) marralariga zarbalar berdi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Iroq va Suriya shimolidagi terrorchilar nishonlariga qarshi havo operatsiyasi oʻtkazildi va terrorchilarga tegishli jami 32 ta nishon muvaffaqiyatli yoʻq qilindi", — deyiladi vazirlik bayonotida.

Departamentning qoʻshimcha qilishicha, amaliyotlar davom etmoqda.

Avvalroq Turkiyaning Sabah gazetasi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaga asoslanib, Anqaradagi teraktga Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Turkiya Mudofaa vazirligi rahbari Yashar Guler ham teraktga PKKning aloqadorligi ehtimolini maʼlum qildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Anqaradagi terakt oqibatida besh kishi halok boʻlgan, yana 22 kishi jarohatlangan. Yerlikayaning aytishicha, yaradorlardan ikki nafarining ahvoli ogʻir.

Chorshanba kuni tushdan keyin Turkiyaning aerokosmik kompaniyasining Anqaradagi obʼektida terakt sodir etildi.

Rossiyadagi BRIKS sammitida boʻlib turgan prezident Erdoʻgʻon ham ortga qaytishga qaror qildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid