platina.uz
Jamiyat

Qidiruvdagi shaxs qaynotasining yertoʻlasidan topildi

U bankdan 2 mlrd 150 mln soʻm miqdorida kredit olib, maqsadli sarflamasdan ishlatib yuborgan. 

Qidiruvdagi shaxs qaynotasining yertoʻlasidan topildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxs ushlandi.

Qaynotasining yashash uyi yertoʻlasiga yashiringan ushbu fuqaro vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro 2022 yilda tijorat banklarining biridan 2 mlrd 150 mln soʻm miqdorida kredit olishga erishgan. Lekin bu mablagʻga 125 bosh zotli qoramol olish oʻrniga boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.

Prokuratura tomonidan unga qarshi JKning 167-moddasi (Oʻzlashtirish va rastrata qilish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid