platina.uz
Sport

Oʻzbekiston FIFA reytingida ikki pogʻona koʻtarildi

Markaziy Osiyo termalari orasida eng yaxshi natija koʻrsatgan milliy jamoa 1429,26 ball toʻplagan. 

Oʻzbekiston FIFA reytingida ikki pogʻona koʻtarildi

FIFA futbol boʻyicha erkaklar terma jamoalarining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston terma jamoasi uchta qoʻshni davlat orasida eng yuqori oʻrinni egalladi. Jamoa JCh-2026 saralash bosqichida oʻz guruhida Eron bilan bir xil ochko toʻplab yetakchilik qilmoqda.

Jamoa 1429,26 ball bilan reytingda 58-oʻrinni egalladi. Markaziy Osiyoda ikki pogʻona yuqorilagan oʻzbekistonliklardan keyin Qirgʻiziston terma jamoasi 1207,08 ball bilan 103-oʻrinni band etdi.

Qirgʻizistonliklar darhol jadvalda uch pogʻona yuqoriga koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. Qozogʻiston 1186,46 ochko bilan 107-oʻrinni egallagan.

Roʻyxat peshqadami Argentina terma jamoasi boʻlib qoldi – 1883,5 ochko. Ikkinchi oʻrinda Fransiya (1859,85), uchinchi oʻrinda Ispaniya (1844,33) joylashgan. Birinchi oʻntalikka Angliya, Braziliya, Belgiya, Portugaliya, Niderlandiya, Italiya va Kolumbiyalar ham kirdi.

Eslatib oʻtamiz, sentabr oyida Oʻzbekiston termasi 60-oʻrinni egallagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid