platina.uz
Iqtisod

Oʻzagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi

Inspeksiyaga qoʻshimcha vazifalar ham yuklandi. Tashkilot sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirishga masʼul boʻladi. 

Oʻzagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi  boʻysunuviga oʻtkazildi

Oʻzagroinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkazildi.

“Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-164-son, 22.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (Oʻzagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuvi oʻtkazildi.

Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

-bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;

-bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bugʻdoyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga koʻra sifat koʻrsatkichlari boʻyicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati) boʻyicha sertifikatlashni nazorat qilish;

-import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;

-barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;

-sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzagroinspeksiya shu vaqtga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida faoliyat yuritib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid