platina.uz
Jamiyat

Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori etib tayinlandi

Avvalgi prokuror Maʼrufxon Xoʻjayev 2024 yilning iyulida "Hududgaztaʼminot" AJ boshqaruv raisi lavozimini egallagandi. 

Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori etib tayinlandi

Abduhakimov Murodullo Togʻayevich Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Murodullo Abduhakimov 1981 yilda Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida tugʻilgan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar (2020 yildan buyon) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning avgust oyidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Maʼrufxon Xoʻjayev 2024 yilning iyulida "Hududgaztaʼminot" AJ boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid