platina.uz
Madaniyat

"Vorzakonlar" haqidagi kitob nashrdan chiqdi

Asarda oddiy qishloq bolasidan tortib sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevgacha boʻlgan qahramonlar qatnashadi.

"Vorzakonlar" haqidagi kitob nashrdan chiqdi

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Nabi Jaloliddin qalamiga mansub "Boʻrixon: XX asr sharpalari yoxud toj kiygan oʻgʻriboshilar" nomli romanning birinchi kitobi nashrdan chiqdi.

Birinchi kitobda 1920-90 yillardagi voqealar aks etadi. Ushbu roman oʻtgan asrda jinoiy toʻdalar, mafiozlar, bosmachilik, reketlar, karate va koʻcha janglari, davlat idoralaridagi korrupsiya, Afgʻonistondagi xunrezliklar oqibatida kelib chiqqan fojialar, zoʻravonlik sindikatlari haqida hikoya qiladi.

Asarda oddiy qishloq bolasidan tortib sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnevgacha boʻlgan qahramonlar qatnashadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid