platina.uz
Jamiyat

Qarshi shahrining yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bosh reja tasdiqlandi

2025 yilda Yerqoʻrgʻon bozori hududida shaharlararo qatnovchi transportlar uchun avtovokzal, yengil avtomobillar uchun koʻp qavatli avtoturargoh quriladi. 

Qarshi shahrining yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bosh reja tasdiqlandi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarori bilan Qarshi shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Qarshi shahri va tumani hokimlari bekatlar, bosh bekatlar, avtosaroylar, transport oʻtish bogʻlamalari, parkovkalar, avtoturargohlar, avtovokzallar va boshqalarni qurish uchun yer maydonini aniqlaydi va viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasiga taqdim etadi.

Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bosh reja (qarorga ilova qilingan)da quyida chora-tadbirlar belgilangan: Qarshi shahridagi beshta bozor va ularning atrofidagi muammolar yechimi.

Masalan, 2025 yilda Yerqoʻrgʻon bozorida 0,7 gektar hududda shaharlararo qatnovchi transportlar uchun avtovokzal, yengil avtomobillar uchun koʻp qavatli avtoturargoh quriladi.

Shuningdek, Qarshi markaziy dehqon bozorining Islom Karimov koʻchasi tarafidagi piyodalar oʻtish joyi bekor qilinadi.

Bundan tashqari chora-tadbirlarda 2024-2030 yillarda 6 ta yangi velotransport yoʻlaklar quriladi. Jamoat transport tarmogʻi oʻtgan 10 ta yoʻl uchastkasida 41 kilometrdan oshiq yoʻl taʼmirlanadi. 2026 yilda Qarshi temiryoʻl vokzalining janubiy yondosh hududida maʼnan eskirgan uylar oʻrnida avtovokzal quriladi. 2024-2030 yillarda yangi velotransport yoʻlaklari uchun jami 23 ta asosiy stansiyalar tashkil etishi belgilangan.

Roʻyxatdan uzoq istiqboldagi rejalar ham oʻrin olgan. Masalan, 2030-2034 yillarda Jayhun, 4R79 avtotrassasi va Amir Temur koʻchalari kesishmasi ustiga yoʻl oʻtkazgich tunnel quriladi.

Kengash qarorida qilingan 3-ilovada Qarshi shahrida transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi tasdiqlangan. Unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi subʼektlari nomi keltirib oʻtilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid