platina.uz

Poytaxt bank yangi korporativ veb-saytini ishga tushirdi

Yuklab olish tezligi, jozibali dizayn, bank Telegram-boti bilan integratsiyalashuv, interaktiv xizmatlarning kengaytirilgan funksionali, xavfsizlik algoritmi darajasining yuqoriligi kabi xususiyatlar poytaxtbank.uz saytining asosiy afzalliklari sanaladi.

Biznes
23-oktabr, 13:25

Poytaxt bank foydalanuvchilarning barcha ehtiyojlarini hisobga olgan va foydalanishdagi qulaylikni taʼminlagan holda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllab, korporativ veb-saytining yangi versiyasini ishlab chiqdi.

Barcha toifadagi mijozlar uchun alohida moʻljallangan sahifalar, Google yuqori koʻrsatkichlari – PageSpeed Insights (yuklab olish tezligi), qulay mobil versiya, 4K katta displeylariga moslashtirilgan miqyos, ulugʻvor va jozibali dizayn, bank Telegram-boti bilan integratsiyalashuv, interaktiv xizmatlarning kengaytirilgan funksionali, xavfsizlik algoritmi darajasining yuqoriligi poytaxtbank.uz saytining asosiy afzalliklari sanaladi.

“Bitrix Framework” platformasida sahifalarni yuklab olish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan kompozit sayt korporativ veb-saytning oʻziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli foydalanuvchi istalgan sahifaning kontentini bir zumda yuklay oladi, bu veb-saytda axborot izlashni maksimal darajada tezlashtiradi.

Oʻzbekiston banklari korporativ saytlarining aksariyati bilan solishtirganda, veb-sahifalar mahsuldorligini va optimallashtirilishini tahlil qiluvchi PageSpeed Insights – Google veb-instrumenti maʼlumotlariga koʻra, Poytaxt bank AJ sayti mahsuldorlikning barcha parametrlari, izlashni optimallashtirish (SEO), maxsus imkoniyatlar va boshqa tavsiyalar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, veb-sayt Google asosiy internet-koʻrsatkichlari – PageSpeed Insights (mobil uskunalardan va kompyuterlardan) boʻyicha tekshiruvdan toʻliq oʻtadi.

Sayt sodda navigatsiyaga, oson tushuniladigan foydalanuvchi interfeysiga egaligi bois qulay boʻlib, uchta tildagi versiyada ishlaydi. Saytning mobil versiyasidan ham foydalanish qulay: boʻlimlar boʻyicha navigatsiya soddalashtirilgan, sahifalarni yuklab olish yaxshilangan va menyu elementlari optimallashtirilgan. HTML5 yangi imkoniyatlari sahifani istalgan hajmdagi ekranga moslashtirish imkonini beradi, kod va skriptlar esa minimallashtirilgan, bu maʼlumotlarni uzatishga tushadigan bosimni ancha kamaytiradi. Bularning bari mobil uskunalarda sayt bilan ishlashni yanada qulaylashtiradi.

Loyihani ishlab chiqish natijasida ustuvor vazifa bajarildi: grafik bezak vositasida bankning individualligi qayd etildi va amaliy funksional yordamida asosiy xizmatlar ajratib koʻrsatildi. Sayt Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, Markaziy bank va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha yuqori darajadagi xavfsizlik algoritmiga ega CMS “1S-Bitriks” bazasida amalga oshirilgan.

Xususiy mijozlar, kichik va oʻrta biznes uchun va korporativ mijozlar uchun alohida moʻljallangan sahifalar ishlab chiqilgani bois har bir mijozning saytdan foydalanishi yanada qulaylashdi. Yangi yordamchi grafik elementlar – ikonkalar koʻrinishidagi qoʻshimcha navigatsiya menyusi, saytning tegishli sahifasiga oʻtish qulay boʻlgan yon tomondagi panel ham qoʻshildi. Ularning barchasi veb-sahifalarning turli uskunalarda toʻgʻri aks etishini taʼminlovchi zamonaviy va moslashuvchan dizayni bilan boyitilgan. Bunga sayt dizayni elementlari hajmini oʻzgartirish texnologiyasi asos qilib olingani tufayli erishilgan. Bunday metod interfeysning barcha elementlarini (shrift, tugmachalar, bloklar, chetlanish va h.k.) optimal darajada koʻlamdor qilish imkonini beradi, u minimal zichlikka ega mobil uskunalarga ham, maksimal zichlikka ega 4K displey ekranlariga ham avtomatik ravishda moslashadi.

Zamonaviy dizayndan tashqari, saytda interaktiv xizmatlar – depozit va kredit kalkulyatorlari, “Kreditning asosiy shartlari haqida axborot beruvchi varaq” moduli (modulda kredit mahsuloti xarakteristikalariga koʻra Microsoft Excel faylining avtomatik generatsiyasi amalga oshirilgan), fuqarolarning onlayn-murojaatlari, shuningdek mijozlar bilan real vaqt rejimida tezkor aloqa bogʻlash uchun onlayn-maslahatchi va boshqa xizmatlar ham mavjud. Shuningdek, bank kartasiga, kredit olishga va omonatni rasmiylashtirishga buyurtma berish uchun ariza joʻnatish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, Poytaxt bank’ning yangi veb-sayti quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Mahsulot va xizmatlar haqidagi maʼlumotlarni oson topish;
  • Bankning soʻnggi yangiliklaridan xabardor boʻlish;
  • Bank kartani uygacha yetkazib berish xizmati uchun ariza qoldirish;
  • Farzandlar uchun bolalar kartasini rasmiylashtirish;
  • Qulay kredit kalkulyatori yordamida kredit miqdorini hisoblash;
  • Bank raisiga elektron murojaat yuborish;
  • Bankomatlarning joylashuvini onlayn xarita yordamida oson aniqlash.

Poytaxt bank’ning rasmiy sahifalari:

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+