Olimjon Abdullayev Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
U shu vaqtga qadar Oʻzbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Tashqi ishlar vazirining yangi oʻrinbosari tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Abdullayev Olimjon Suyunovich Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Olimjon Abdullayev koʻp yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan.
Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan (2021-2024 yillar).
Eslatib oʻtamiz, avval Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlangandi.