platina.uz
Biznes

MKBANK ikkita raqamli faktoring platformasi bilan shartnoma imzoladi

Endilikda tadbirkorlar masofaviy tarzda faktoring xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

MKBANK ikkita raqamli faktoring platformasi bilan shartnoma imzoladi

Mikrokreditbank tizimida faktoring xizmatlarini kengaytirish hamda uni raqamli faktoring platformalaridan biriga integratsiya qilish maqsadida, joriy yilning 26 sentabr kuni bank va OZPLANET oʻrtasida raqamli platformadan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, "Venkom" MChJ bilan faktoring platformasiga integratsiya qilish yuzasidan ham kelishuvga erishildi.

Endilikda tadbirkorlar masofaviy tarzda faktoring xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Faktoring bu - yetkazib bergan mahsulotlaringiz uchun toʻlovni oldindan olish imkoniyatini beruvchi qulay xizmatdir.

Afzalliklari:
-Aylanma mablagʻlar uzluksizligini taʼminlash;
- Sotish hajmini oshirish;
-Garov talab etilmasligi.

Shartlari:
- Muddati - 180 kungacha
- Miqdori - oʻzaro qarzdorlik miqdoridan kelib chiqib
- Valyuta - soʻmda

Diskont
90 kungacha - 6%dan kam boʻlmagan
180 kungacha - 8%dan kam boʻlmagan

Korxonaning asosiy hisobraqami "Mikrokreditbank" ATBda boʻlishi lozim.

Har ikkala platforma faktoring jarayonini soddalashtirishga imkon beradi va ortiqcha qogʻozbozliklarni talab qilmaydi.

#Mikrokreditbank #reklama

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid