platina.uz
Jahon

“Flibusta” onlayn kutubxonasi asoschisi evtanaziya vositasida vafot etdi

Rus va boshqa tillardagi kitoblarning elektron versiyalarini bepul yuklab olish mumkin boʻlgan qaroqchi onlayn kutubxona 2009 yilda paydo boʻlgandi. Uning asoschisi miya saratoni bilan kurashib kelgan. 

“Flibusta” onlayn kutubxonasi asoschisi evtanaziya vositasida vafot etdi

Kontenti litsensiyasiz va mualliflik huquqlari rioya etilmagan holda elektron kitoblar joylanadigan “Flibusta” onlayn kutubxonasi yaratuvchisi, Stiver laqabi bilan tanilgan anonim shaxs Germaniyada evtanaziya vositasida hayot bilan xayrlashdi.

Bu haqdagi yangiliklar loyiha veb-saytida paydo boʻlgan: Stiver oʻlimidan keyin eʼlon qilinishi kerak boʻlgan kechiktirilgan postni oldindan yozib qoʻygan.

Uzoq vaqt davomida miya saratoni bilan kurashib kelgan Stiver bir qator mamlakatlarda ruxsat etilgan, shifokor yordamida, tibbiy preparat vositasida oʻz joniga qasd qilish usulida (evtanaziya - assisted suicide) oʻlishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Evtanaziya Germaniya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Shveysariya va boshqa bir qator mamlakatlarda qonuniy hisoblanadi.

“Agar hamma narsa reja boʻyicha ketsa, ertaga, yakshanba kuni men tiopental preparatining halokatli dozasini qabul qilaman, agar men dushanba kuni javob yozmasam, demak, bu xabarni tarixda qolishi uchun, "Stiver’ga yordam beraylik" degan har qanday pul yigʻishlarni toʻxtatish uchun, seshanba kuni eʼlon qiling - deyiladi uning oxirgi postida.

Bir necha hafta oldin Stiver katta hajmdagi “glioblastoma", miya oʻsimtasi bilan shifoxonada davolanayotganini eʼlon qilgan edi. Shuningdek, u “Flibusta” loyihasining yopilishini ham bildirgan. Biroq bir necha kun oldin loyiha oʻz ishini davom ettirishi maʼlum boʻldi: "Serverlarga pul toʻlandi", deyiladi kutubxona saytida.

Rus va boshqa tillardagi kitoblarning elektron versiyalarini bepul yuklab olish mumkin boʻlgan "Flibusta" qaroqchi onlayn kutubxonasi 2009 yilda paydo boʻlgan. 2015 yilda loyiha veb-sayti Roskomnadzor tomonidan Rey Bredberining kitoblarini Rossiyada nashr etish huquqiga ega “Eksmo” nashriyotining daʼvosidan keyin bloklab qoʻyilgan edi.

2016 yilda esa “Flibusta” sayti mualliflik huquqlarini buzganlik aybi bilan Rossiyada butunlay bloklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid