platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi vafot etdi

Ularning ikki nafari Rossiya fuqarolaridir. Marhumlarning oʻlimiga nomaʼlum etiologiyali zaharlanish sabab boʻlgan. 

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi vafot etdi

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi vafot etdi, ularning ikki nafari Rossiya fuqarolaridir.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, 2024 yil 20 oktabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada Rossiya Federatsiyasi fuqarolari 1979 y.t Radchenko Maksim va 1977 y.t Papernaya Inessa Viktorovnalarning vafot etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu mehmonxonaning boshka xonasidagi yuvinish joyida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 1976 y.t. U. X. ning vafot etganligi aniqlangan.

Dastlabki sud tibbiy tashxisiga koʻra, marhumlarning oʻlimi nomaʼlum etiologiyali zaharlanishdan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatildi. Tergov xarakatlari olib borilmokda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid