platina.uz
Jahon

Rossiyalik muxolifatchining bevasi prezident boʻlish istagini bildirdi

Biroq Yuliya Navalnaya Putin hokimiyatda qolar ekan, Rossiyaga qaytish imkoni yoʻqligini taʼkidlagan. 

Rossiyalik muxolifatchining bevasi prezident boʻlish istagini bildirdi

Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya Rossiyaga qaytsa, prezidentlikka nomzodini qoʻyishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida aytdi. Shu bilan birga, Navalnaya hozirgi vaziyatda, yaʼni Vladimir Putin hokimiyatda qolar ekan, bu mumkin emasligini tan oldi.

2024 yil iyulida, erining oʻlimidan koʻp oʻtmay, Moskva sudi Navalnayani "ekstremistik jamiyatda ishtirok etgani" uchun hibsga olish toʻgʻrisida order berdi (Navalniy tomonidan asos solingan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi nazarda tutilgan).

Oʻsha paytda Navalnaya allaqachon chet elda yashayotgan edi. U Rossiyaning "terrorchilar va ekstremistlar" roʻyxatida qolmoqda va agar u Rossiyaga qaytsa, hibsga olinishi deyarli aniq. Erining hayoti davomida Yuliya Navalnaya siyosat bilan shugʻullanmagan, ammo koloniyada muxolifatchi vafot etganidan soʻng, beva ayol uning ishini davom ettirishga vaʼda berdi.

U hozir inson huquqlari tashkilotini boshqaradi. "Mening maqsadim mamlakatda oʻzgarishlarni amalga oshirish va insonlarga imkon berishdir", deydi u.

Shuningdek, Navalnaya erining oʻlimida Rossiya prezidenti Putinni ayblab keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid