platina.uz
Jahon

Vetnamda yangi prezident saylandi

Luong Chuong mamlakat kompartiyasi siyosiy byurosi aʼzosi sanaladi. Avvalgi prezident To Lam Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining bosh kotibi etib saylangandi. 

Vetnamda yangi prezident saylandi

Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi Luong Chuong mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Bu haqda 21 oktabr kuni maʼlum boʻldi.

Parlament majlisi Vetnam davlat axborot agentligi tomonidan jonli efirda namoyish etilgan.

Vetnam konstitutsiyasiga koʻra, prezident Milliy assambleya aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Mamlakatning avvalgi prezidenti To Lam 3 avgust kuni Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining plenumida qoʻmitaning yangi Bosh kotibi etib saylangandi.

To Lam Nguyen Fu Chong oʻrniga mutlaq koʻpchilik ovoz bilan bosh kotib etib saylangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid