platina.uz
Jahon

Tramp Putinga "qaqshatqich zarba" bilan tahdid qilganini aytdi

AQSh sobiq prezidenti bu muloqot qachon va qanday sharoitda boʻlib oʻtganini ochiqlamagan.  

Tramp Putinga "qaqshatqich zarba" bilan tahdid qilganini aytdi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga Moskvaga qaqshatqich zarba berish bilan tahdid qilganini aytdi.

Trampning soʻzlariga koʻra, agar Rossiya Ukrainaga qarshi harakatlaridan voz kechmasa, Moskvaga zarba berish bilan tahdid qilgan.

Putin, uning versiyasiga koʻra, tahdidga "no way" (Boʻlishi mumkin emas) degan soʻzlar bilan javob bergan.

Sobiq prezident Donald Tramp The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ushbu suhbat haqida gapirgan.

“Men aytdim: “Vladimir, agar sen Ukrainani taʼqib qilishda davom etsang, senga shunchalik qattiq zarba beramanki, hatto ishonmaysan. Men senga Moskva markazida zarba yoʻllayman". “Biz doʻstmiz. Men buni qilishni xohlamayman, lekin boshqa ilojim yoʻq", deya gapirgan Tramp.

Tramp bu muloqot qachon va qanday sharoitda boʻlib oʻtganini tushuntirmadi, biroq u va Putin oʻrtasida juda yaxshi munosabatda boʻlganini va Rossiya prezidenti uning "telba feʼl-atvorini yaxshi bilishini" taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Tramp avval Zelenskiyni urushni oldini ololmaganlikda ayblagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid