platina.uz
Jahon

Qirgʻizistonda qor koʻchkisi tagida qolib ketgan olti jasad topildi

Jasadlar Jalolobod viloyatining Chotqol tumanidagi Oqsoy vodiysidan topilgan. 

Qirgʻizistonda qor koʻchkisi tagida qolib ketgan olti jasad topildi

Qutqaruvchilar Qirgʻiziston togʻlarida qor koʻchkisi ostida qolgan olti kishining jasadini topdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Birinchi qidiruv guruhi uchta qurbonning jasadini topdi; keyinroq qor koʻchkisi boʻlgan Kumbel hududidan yana uchta jasad topilgan.

Halok boʻlganlarning jasadlari qarindoshlariga topshiriladi.
Qidiruv ishlariga Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 16 nafar qutqaruvchisi va Airbus H 145 vertolyoti jalb qilingan.

Jasadlar Jalolobod viloyatining Chotqol tumanida Oqsoy vodiysida qor koʻchkisi ostida gʻoyib boʻlgan fuqarolarni qidirish ishlari doirasida aniqlangan. 9 oktabr kuni 14 kishidan iborat guruh togʻlarga chiqqan. Qidiruv davomida sakkiz kishi topilgan. Ularning xabar berishicha, 14-oktabr kuni kechqurun qor koʻchkisi olti kishi va 16 otni bosib ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid