Koʻchat ekishda eng koʻp yozgan hududlar aytildi
Prezident Bosh prokuraturaga bu boradagi nazoratni kuchaytirishni topshirdi.

Sugʻorish tizimi yoʻq joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpogʻistonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming koʻchat ekilgan.
Hisobotga qoʻshib yozish eng koʻp Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun oʻtkazayotgan selektorda aytilgan.
Qayd etilishicha, yashillik darajasini oshirish boʻyicha islohotlarni koʻp hokimlar tushunib yetmayapti. Bahorda 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmagan.
Shu munosabat bilan davlat rahbari Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirishni topshirdi.
Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha koʻchat ekish egasi, joyi, suvi va mablagʻi bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi boʻyicha qatʼiy soʻrov boʻlishi haqida ogohlantirildi.