platina.uz
Jahon

Fathulloh Gulen vafot etdi

Gulen Turkiyada 2016 yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarishiga urinishda ayblangandi. U 1999 yildan buyon AQShda istiqomat qilib kelgan. 

Fathulloh Gulen vafot etdi

Turkiyada 2016 yilda davlat toʻntarishiga urinish uyushtirganlikda ayblangan jamoat arbobi, voiz Fathulloh Gulen vafot etdi.

83 yoshli Gulen AQShning Pensilvaniya shtatidagi shifoxonada olamdan oʻtgan. U 1999 yildan buyon AQShda yashab kelayotgandi.

Turkiya hukumati Gulen rahbarlik qilgan FETO tashkilotini 2016 yil iyulidagi davlat toʻntarishiga urinishda ayblab keladi.

Turkiyada ushbu qoʻzgʻolondan soʻng 80 mingdan ortiq odam hibsga olindi, 150 mingga yaqin davlat xizmatchisi, jumladan, harbiylar ishdan boʻshatildi yoki ishdan chetlashtirildi.

AQShda boʻlgan Gulenning oʻzi toʻntaruv tashabbusini qoralab, oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni rad etdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid