Toshkent viloyatida zilzila sodir boʻldi
Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 30 km janubiy-sharqda joylashgan.

Toshkent viloyatida zilzila sodir boʻldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 19.10.2024 01:32 da (18.10.2024 yil, Grinvich boʻyicha 20:32 da) zilzila sodir boʻldi.
Epitsentr: Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,03 gradus shimoliy kenglik; 69,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 30 km janubiy-sharqda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Nurafshon shahrida 2 ball, 4 km.
Oʻrta Chirchiq tumanida 2 ball, 8 km.