Oʻzbekistonda harbiylar oʻrtasida dzyudo boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi
Oʻzbekiston terma jamoasi chempionatni 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

Oʻzbekistonda harbiylar oʻrtasida ilk bor dzyudo boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazildi.
Musobaqalar poytaxtning " Yunusobod" sport majmuasida boʻlib oʻtdi.
Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30 ta mamlakatidan 400 ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari va qator martabali mehmonlar tashrif buyurgan.

Halimajon Qurbonova (-48 kg), Abdurahim Nutfullayev (-66 kg), Nigina Saparbayeva (-63 kg) kumush, Laziza Haydarova (-48 kg), Bahrom Boturov (-60 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) esa bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi 42-Harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatini 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan yakunladi.

Oltin medal
-52 kg: Gulhayo Joʻrayeva
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Hikmatilloh Toʻrayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohrux Baxtiyorov
Kumush medal
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-63 kg: Nigina Saparbayeva
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev
-81 kg: Muso Sobirov
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-60 kg: Bahrom Boturov
Umumjamoa hisobida oʻzbekistonlik harbiy dzyudochilar 1-oʻrinda ketmoqda.
Undan keyingi pogʻonani 3 ta oltin medali bilan Moʻgʻuliston va 2 ta oltin medal bilan Fransiya egallagan. 18 oktabr kuni boʻlib oʻtgan jamoaviy bahslarda Oʻzbekiston ayollar jamoasi 1-oʻrinni, erkaklar jamoasi esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:
Ayollar oʻrtasida
• Oʻzbekiston jamoasi — 1-oʻrin;
• Fransiya jamoasi — 2-oʻrin;
• Italiya va Moʻgʻuliston jamoalari — 3-oʻrin.
Erkaklar oʻrtasida
• Moʻgʻuliston jamoasi — 1-oʻrin;
• Oʻzbekiston jamoasi — 2-oʻrin;
• Eron va Qozogʻiston jamoalari — 3-oʻrin.