platina.uz
Jamiyat

“Koʻmir taʼminot” MChJ mudiri aholi uchun moʻljallangan koʻmirni sotib yuborgani maʼlum boʻldi

Aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun olib kelingan bahosi 447,2 mln soʻm boʻlgan jami 1 470 tonna koʻmir boshqalarga pullab yuborilgan. 

“Koʻmir taʼminot” MChJ mudiri aholi uchun moʻljallangan koʻmirni sotib yuborgani maʼlum boʻldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro F.M. “Erkinlik” MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari boʻlmagan har bir qopi 20 kg. boʻlgan jami 5 000 qop koʻmirni fuqaro A.A.ga 100 mln soʻmga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Koʻmir taʼminot” MChJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln soʻm boʻlgan jami 1 470 tonna koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganligi, xususan 2023 yilning sentabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M.ga 180 tonna koʻmirni 120 mln soʻmga sotganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid