platina.uz
Iqtisod

Jamshid Qoʻchqorovga faxriy unvon berildi

Prezident farmoni bilan bosh vazir oʻrinbosari "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 

Jamshid Qoʻchqorovga faxriy unvon berildi

Bosh vazirning oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovga "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Qoʻchqorov "davlat idoralaridagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga koʻtarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qoʻshayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlidagi ibratli faoliyati" uchun taqdirlandi, deyiladi xabarda.

Jamshid Qoʻchqorov 1964 yil 19 oktabr kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Toshkent iqtisodiyot universiteti va AQShning Kolorado universiteti bitiruvchisi.

Mehnat faoliyatini 1985 yilda boshlagan. Rahbarlik lavozimlariga 1996 yildan boshlab tayinlangan. Shundan buyon Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari, Moliya vazirining oʻrinbosari, Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari vazifalarini bajarib kelgan.

2017 yilda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, moliya vaziri boʻldi. 2020 yilda iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi.

2022 yildan iqtisodiyot va moliya vaziri.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid