Usmon Sharifxoʻjayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi
U bungacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Usmon Sharifxoʻjayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. U shu vaqtga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxoʻjayev Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxoʻjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Sharifxoʻjayev avval Prezident Administratsiyasi taʼlim shoʻʼbasi mudiri, 2020 yildan beri Xalq taʼlimi vaziri (hozirgi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi) oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.