platina.uz
Jamiyat

Umraga litsenziya talabgori Din qoʻmitasi jamgʻarmasiga kamida 1 mln dollar toʻlashi kerak

Qoʻmita 2024 yil 15 oktabrdan 28 oktabrga qadar tadbirkorlik subʼektlaridan litsenziya uchun arizalarni qabul qiladi.

Umraga litsenziya talabgori Din qoʻmitasi jamgʻarmasiga kamida 1 mln dollar toʻlashi kerak

Umraga litsenziya talabgori Din qoʻmitasi jamgʻarmasiga kamida 1 mln dollar toʻlashi kerak boʻladi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita litsenziya olishda kerak boʻladigan hujjatlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi 668-son Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ etib belgilangan.

Litsenziya Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun yakka tartibdagi litsenziya sifatida yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

- yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

- tadbirkorlik subʼekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari;

-litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning "Ziyorat" jamgʻarmasiga 1 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

-Umra tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

-Umra xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligining Umra litsenziyasiga ega boʻlgan hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi;

-ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish boʻyicha aviakompaniya(lar) tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi;

-tadbirkorlik subʼektining ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

-tadbirkorlik subʼektining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarini tashkil etadi.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 2024 yil 15 oktabrdan 28 oktabrga qadar tadbirkorlik subʼektlaridan litsenziya uchun arizalarni qabul qiladi.

Eslatib oʻtamiz, eski litsenziya bilan Umra tadbirlarini amalga oshirish 5 oktabrda toʻxtatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid