platina.uz

Toshkentda bank xodimi va sherigi firibgarlikda ayblanmoqda

Ular jabrlanuvchiga ipoteka krediti ajratib berishni vaʼda qilib, 61 ming dollar mablagʻni qoʻlga kiritgan. 

Jamiyat
18-oktabr 2024 yil
Toshkentda bank xodimi va sherigi firibgarlikda ayblanmoqda

Sergeli tumanida fuqaroga ipoteka krediti ajratib berishi evaziga 61 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan firibgarlar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda hududiy tijorat banki filiali yetakchi mutaxassisi M.T. va fuqaro Sh.A. fuqaro F.E.ga yangi qurilayotgan uylardan birini kredit evaziga xarid qilish uchun ipoteka krediti ajratib berishlarini vaʼda qilib, oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida fuqaroning 61 000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+