platina.uz
Jahon

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil tomonidan oʻldirildi

Sinvar hayotining koʻp qismini, 1988 yildan 2011 yilgacha davrni Isroil qamoqxonalarida oʻtkazgan. 

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar Isroil tomonidan oʻldirildi

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Falastinning HAMAS guruhi rahbari Yahyo Sinvar Gʻazo sektorida oʻldirilganini tasdiqladi.

Avval Isroil harbiylari 17 oktabr kuni uning ehtimoliy oʻlimi haqida gapirgan edi.

Isroil politsiyasi va harbiy amaldorlari qoʻshma bayonotda "hozirda toʻliq tasdiqlash uchun zarur boʻlgan turli tadqiqotlar olib borilayotganini" aytdi. "Politsiya sud-tibbiyot laboratoriyasi tish tasvirlarini oldi va DNK tekshiruvi ham oʻtkazilmoqda", - deyiladi Reuters xabarida.

Isroil rasmiylarida Sinvarning DNK namunalari bor, chunki u koʻp yillar Isroil qamoqxonalarida oʻtirgan.

Isroil harbiy radiosining xabar berishicha, Sinvar Gʻazo janubidagi Rafah shahridagi amaliyotda oʻldirilgan boʻlishi mumkin.

Isroilliklar Sinvarni birinchi marta 1982 yilda 19 yoshida, ikkinchi marta esa 1985 yilda hibsga olishgan. Taxminan shu davrda u HAMAS asoschisi Shayx Ahmad Yasinning ishonchini qozondi.

Abu Ibrohim nomi bilan mashhur boʻlgan 61 yoshli Sinvar Gʻazo sektorining janubidagi Xon Yunis qochqinlar lagerida tugʻilib oʻsgan va Islom universitetini tamomlagach," Musulmon birodarlar" safiga qoʻshilgan. 1987 yilda HAMASga asos solganidan ikki yil oʻtib, u Isroil bilan hamkorlik qilishda gumon qilinganlarni ovlash va oʻldirish bilan mashhur boʻlgan "Al-Majd" ichki xavfsizlik tashkilotini tuzdi.

Sinvar kattalar hayotining koʻp qismini (22 yildan koʻproq) 1988 yildan 2011 yilgacha Isroil qamoqxonalarida oʻtkazdi.

2024 yil 31 iyulda HAMAS rahbari Ismoil Xaniya Tehronda oʻldirilgach, Sinvar guruhni boshqarib kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid