platina.uz
Jamiyat

Yangi loyihada 1200 nafardan oshiq nomzod roʻyxatdan oʻtdi

"Toshkent yoshlarni sevadi" loyihasi doirasida poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz SMM sohasiga bepul oʻqitilishi eʼlon qilingandi. 

Yangi loyihada 1200 nafardan oshiq nomzod roʻyxatdan oʻtdi

Yoshlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishga boʻlgan talabi juda yuqori: @smaktabbot orqali 1200 dan ortiq nomzodlar roʻyxatdan oʻtdi.

Toshkent shahar hokimligi "Toshkent yoshlarni sevadi" loyihasi doirasida poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz SMM sohasiga bepul oʻqitilishi haqida eʼlon qilgandi.

24 soat ichida @smaktabbot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtganlar soni 1200 dan oshdi. Bu natija shuni koʻrsatadiki, ayol-qizlar orasida SMM sohasini oʻrganishga boʻlgan qiziqish juda yuqori. Shunday ekan, talabgorlardan vaqtni boy bermasdan, 25-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.

Toshkent shahar hokimligi ayol-qizlarimizning bilim olib, ish topishlari va daromadli boʻlishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va bunga alohida eʼtiborni yanada kuchaytiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid