platina.uz
Jamiyat

Toshkentda pulli "parkovka" narxlari tasdiqlandi

Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi va eng arzon narx 5 ming soʻmni tashkil etadi. 

Toshkentda pulli "parkovka" narxlari tasdiqlandi

Toshkent shahar hokimi transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylarini takomillashtirish boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra, hokimlik va "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining transport vositalarining pulli toʻxtab turish joylari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ularni bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.

Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga boʻlinadi. 1-tarif zonasida bir soatlik toʻxtab turish 12 ming soʻmni tashkil qiladi. Bu miqdor 2-tarif zonasida 10 ming soʻm, 3-zonada 8 ming, 4-zonada 6 ming va 5-tarif zonasida 5 ming soʻmni tashkil qiladi.

Qarorga pulli toʻxtab turish joylarining tartibi va qoidalari ham ilova qilingan. Unga koʻra, parking tashkil etish uchun investorlar va boshqa shaxslar xam murojaat qilishi mumkin. Murojaatlar 20 kun ichida oʻrganib chiqiladi, parking chegaralari, foydalanishga topshirish muddatlarini boʻyicha qarorni Toshkent shahar hokimi qaror qabul qiladi.

Parkingda transport vositalarining yoʻqolishi yoki shikastlanishi avtomobillar egalari zimmasida qoladi. Ayrim guruh nogironlari, II jahon urushi qatnashchilariga bepul xizmat koʻrsatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid