platina.uz

Toshkent va Samarqandda qariyb 5 mlrd soʻmlik energetika mahsulotlari oʻgʻirlangani maʼlum qilindi

Poytaxtdagi zapravka jami 1,5 mln kub metr. tabiiy gazni noqonuniy ishlatib 2,7 mlrd soʻmlik zarar yetkazgani aytilgan. 

Jamiyat
17-oktabr 2024 yil
Toshkent va Samarqandda qariyb 5 mlrd soʻmlik energetika mahsulotlari oʻgʻirlangani maʼlum qilindi

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 4,8 mlrd soʻmlik energiya resurslarini oʻgʻirlagan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “B.” MChJ rahbari T.A. va boshqalar MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida oʻrnatilgan gaz hisoblagichga tashqi taʼsir oʻtkazilib, jami 1,5 mln kub metr. tabiiy gazni oʻgʻirlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.G.” MChJ rahbari S.R. Pastdargʻom tumanidagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida oʻrnatilgan elektr hisoblagichning ulanish sxemasini oʻzgartirib, tijorat maqsadida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+