platina.uz
Jamiyat

Navoiyda paxta mahsulotlarini qimmat narxda sotgan korxonalarga chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi yogʻ-moy korxonalarining birjadagi savdo jarayonlarini oʻrgandi. 

Navoiyda paxta mahsulotlarini qimmat narxda sotgan korxonalarga chora koʻrildi

Navoiydagi ikki korxona 3,2 mlrd soʻmlik mahsulotlarni qimmat narxlarda sotgani aniqlandi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi yogʻ-moy korxonalari tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyilishi va birja savdolarida narxlarni sunʼiy oshishini oldini olish boʻyicha nazorat oʻrnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda.

Qoʻmitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “FOREVER SERVICE” va “KARMANA MOY INVEST” MChJlarning paxta yogʻi, paxta shroti va paxta sheluxasi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotish faoliyati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, “FOREVER SERVICE” MChJ tomonidan jami 2 mlrd soʻmdan ortiq jumladan, 101,52 tonna paxta yogʻi, 191 tonna paxta shroti va 126,2 tonna paxta sheluxasi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilishi natijasida, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda jami 55 mln soʻmdan ortiq tafovut (farq) holatlari aniqlandi.

Shuningdek, “KARMANA MOY INVEST” MChJ tomonidan esa jami 1,1 mlrd soʻmdan ortiq jumladan, 8 holatda 163,7 tonna paxta sheluxasi va 6 holatda 148,7 tonna paxta shroti toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotilishi natijasida, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolarida shakllangan oʻrtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda jami 54 mln soʻmdan ortiq tafovut (farq) holatlari maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan yogʻ-moy korxonalariga (“FOREVER SERVICE”MChJ, “KARMANA MOY INVEST” MChJ) nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qoʻllanildi.

Shu bilan birgalikda, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qaroriga asosan monopol boʻlmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta texnik chigiti, paxta moyi (shu jumladan, ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) mahsulotlarini ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid