Ayrim davlatlar integratsiyaga xalaqit berishga urinmoqda – Rossiya elchisi
Oleg Malginov uch tomonlama gaz ittifoqi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi "gaz ittifoqi" gʻoyasi mish-mishlar bilan oʻralgan boʻlib, ayrim davlatlar uch mamlakatning yoqilgʻi-energetika kompleksiga integratsiyalashuviga toʻsqinlik qilishga urinmoqda, dedi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov. U "ayrim davlatlar" deganda kimlarni nazarda tutayotganini ochiqlamagan.
Bu haqda elchi RIA "Novosti" agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Bu masala, birinchi navbatda, tegishli vazirliklarga murojaat qilish kerak, ammo shu nuqtai nazardan, eksportni muvofiqlashtirish maqsadi boʻlgan "gaz ittifoqi"ni yaratish gʻoyasi qanday boʻlganini eslatib oʻtmoqchiman. U 2022-2023 yillar davomida turli taxmin va mish-mishlar bilan oʻralgan edi”, dedi Malginov.
Diplomat soʻnggi yillarda energetika xalqaro sanoat hamkorligining eng siyosiylashgan sohasiga aylanganini taʼkidladi.
"Biz ayrim davlatlar qanday qilib siyosiy baholar, harakatlar bilan Rossiya energetika resurslaridan voz kechishga, gaz sektori va umuman yoqilgʻi-energetika kompleksidagi har qanday integratsiya saʼy-harakatlarini toʻxtatishga qaratilgan qadamlar qoʻyishga urinayotganiga guvoh boʻlamiz", — deya qoʻshimcha qildi elchi.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil noyabrida Rossiya tomonidan Qozogʻiston va Oʻzbekistonga rus gazini ushbu davlatlar hududi orqali tashishni nazarda tutuvchi "uchlik gaz ittifoqi"ni tuzishni taklif qilgandi.
Ammo Qozogʻiston va Oʻzbekiston rasmiylari ittifoq va unga taklif haqida maʼlumot yoʻqligini aytib, hamkorlik ikki tomonlama olib borilishini bildirishgandi.
2023 yil oktabr oyidan boshlab" Markaziy Osiyo – Markaz" quvuri orqali Rossiya gazini Oʻzbekistonga tranzit qilish boshlandi.