Vazir oʻrinbosari metkombinatga direktor etib tayinlandi
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati”ning avvalgi rahbari Rashid Pirmatov nafaqaga kuzatib qoʻyildi.

12 oktabr kuni “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” kuzatuv kengashi raisi, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Rashid Pirmatov nafaqaga chiqishi munosabati bilan oʻz lavozimini tark etayotgani tantanali ravishda eʼlon qilindi.
Dilshod Ahmedov kombinat boshqaruvi raisi – bosh direktori lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi. U bunga qadar investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.




