platina.uz
Jamiyat

Uzoq kutilgan loyiha boshlanmoqda

Toshkent shahar hokimligi uzoq kutilgan “Toshkent yoshlarni sevadi” anʼanaviy loyihasiga start bermoqda!

Uzoq kutilgan loyiha boshlanmoqda

Loyihaning bu yilgi mavsumida qizlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishlari uchun bepul SMM darslari yoʻlga qoʻyilishidan tortib, juda koʻplab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga oʻqitib, bandligini taʼminlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul oʻqitiladi.

Bunda qizlar oʻzlarining yashash hududiga yaqin boʻlgan oʻquv markazida:

  • ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
  • targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
  • grafik kontent yaratish;
  • kopirayting;
  • mobilografiya
  • B2B sotuvlar;
  • shaxsiy brend;
  • portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda oʻrganishadi.

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning! SMMni oʻrganing va kopirayter, kontent menejer, mobilograf, virtual yordamchi, SMM mutaxassisi, targetolog sifatida uyda ham daromad toping.

Tadbirkorlik yoʻnalishida esa onlayn kiyim doʻkoni ochishingiz, onlayn kurslar yaratishingiz yoki oʻz blogingizni yurgizib, biznesni rivojlantirishingiz mumkin!

Roʻyxatdan oʻtish 25 oktabrgacha quyidagi bot orqali amalga oshiriladi: @smaktabbot

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: +998 55 520 60 60

Telegramdagi rasmiy kanal: @smmaktab

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid