Tomas Tuxel Angliya termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Tuxeldan avval ushbu termani faqatgina ikki nafar britaniyalik boʻlmagan murabbiy boshqargan.

Germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Angliya futbol assosiatsiyasi bu xabarni tasdiqladi.
"Chelsi" ning sobiq bosh murabbiyi, nemis futbol mutaxassisi Tomas Tuxel Angliya futbol jamoasini boshqarishga rozi boʻlgan.
Tuxel futbol tarixida Angliya milliy futbol jamoasining britaniyalik boʻlmagan uchinchi murabbiyiga aylanadi.
Ilgari Angliya terma jamoasini shved Sven-Yoran Eriksson va italiyalik Fabio Kapello ham boshqargan.
Britaniyalik Garet Sautgeyt 2024 yil yozida Ispaniyaga qarshi Yeropa chempionati finalida uchralgan magʻlubiyatdan soʻng bosh murabbiylikdan isteʼfoga chiqdi.
51 yoshli Tuxel oʻtgan mavsum oxirida "Bavariya"ni,undan oldin Londonning "Chelsi" klubining sobiq murabbiyi edi.
Shuningdek, u PSJ bilan ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi va klub bilan ikkita Fransiya chempionati va bir nechta milliy kubok turnirlarida gʻolib chiqdi.