platina.uz
Jamiyat

Qozogʻistonda Rossiyadan qaytayotgan olti oʻzbekistonlik halok boʻldi

Hodisa Mangistau viloyatining Beyneu-Tojen avtomagistralida yuz bergan. Yana toʻrt kishi shifoxonada qolmoqda, ularning ahvoli oʻrtacha ogʻir deya baholangan. 

Qozogʻistonda Rossiyadan qaytayotgan olti oʻzbekistonlik halok boʻldi

Qozogʻistonning Magistau viloyatida olti oʻzbekistonlik YTH oqibatida halok boʻldi.

Hodisa Mangistau viloyatining Beyneu-Tojen avtomagistralida yuz bergan, olti nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi, yana toʻrt nafari shifoxonaga yotqizilgan.

"JAC rusumli avtomobil chegaradan oʻtish uchun navbatda turgan yoʻl chetida turgan MAN yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Mashinada jami 10 kishi boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari Beyneu markaziy tuman shifoxonasiga yotqizildi", — deyiladi xabarda.

Mangʻistau viloyati IIB va sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, mashinada Rossiyadan Oʻzbekistonga ketayotgan oʻn kishi boʻlgan.

Toʻrt kishining ahvoli oʻrtacha ogʻir deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, YTH ishtirokchilarining barchasi Oʻzbekiston fuqarolaridir. Voqea haqida Oʻzbekistonning Aqtaudagi Bosh konsulligiga xabar berildi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid