Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi tayinlandi
Rahmatulla Nurimbetov 2023 yil dekabridan 2024 yil iyuliga qadar tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Rahmatulla Nurimbetov Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi.
U Stokgolmga elchi etib tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Nurimbetovdan avval Nodir Gʻaniyev Shvetsiyada elchi sifatida ishlagan. U 2024 yil iyulida Fransiyaga elchi etib tayinlangan.