platina.uz
Jamiyat

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

SMM-maktab va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi seminarlar 2 kun davom etadi.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar
Fotokollaj: Platina.uz

Bugun oliy taʼlim muassasalari matbuot kotiblari uchun trening oʻz ishini boshladi. SMM-maktab va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi seminarlar 2 kun davom etadi.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

Trening ishtirokchilari SMM va PR sohasida zamonaviy yondashuvlar bilan tanishib, universitet brendini ijtimoiy tarmoqlarda qanday pozitsiyalash, rivojlantirish hamda auditoriyaga samarali tarzda taqdim etish haqida qimmatli bilimlarga ega boʻldilar.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

Sessiyalar davomida ijtimoiy tarmoqlarda universitet brendining oʻrnini mustahkamlash, negativlar bilan ishlash, shuningdek, amaliy mashgʻulotlar orqali sifatli va kreativ kontent yaratish boʻyicha maxsus koʻnikmalar oshirildi.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

Ushbu treninglardan matbuot kotiblari uchun universitetlar brendini mustahkamlash yoʻlida katta imkoniyat yaratishi maqsad qilingan.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

Treningning ertangi kunida ishtirokchilar media va blogerlar bilan hamkorlik qilish, nutq madaniyati va samarali reklamalar yaratish boʻyicha qiziqarli maʼruzalarni tinglaydilar.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar

Trening yakunida esa sertifikatlar topshiriladi.

OTM matbuot kotiblari uchun treninglar
OTM matbuot kotiblari uchun treninglar
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid