platina.uz
Siyosat

Nikaragua Oʻzbekistonga birinchi elchisini tayinladi

Tatyana Daniyela Garsiya Silva Nikaraguaning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi. Ikki davlat oʻrtasida 2007 yilda aloqalar oʻrnatilgandi. 

Nikaragua Oʻzbekistonga birinchi elchisini tayinladi

Nikaragua davlati Oʻzbekistonga birinchi elchisini tayinladi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.

"Nikaraguaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan va birinchi Elchisi Tatyana Daniyela Garsiya Silva xonim bilan uchrashdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni oʻrganish mexanizmlarini muhokama qildik. Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim", deya yozgan Oʻzbekiston TIV rahbari.

Baxtiyor Saidov sentabr oyida AQShda Nikaragua tashqi ishlar vaziri bilan uchrashib, oʻzaro aloqalarni faollashtirishga kelishib olgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Nikaragua oʻrtasida 2007 yilda diplomatik aloqalar oʻrnatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid