platina.uz
Jahon

Livanda Isroil hujumlari oqibatida jami 2,5 mingga yaqin kishi halok boʻldi

Bu haqda Yaqin Sharq nashrlari Livan sogʻliqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar bermoqda. 2024 yil sentabr oyi ayniqsa mamlakat uchun qonli boʻlgan. 

Livanda Isroil hujumlari oqibatida jami 2,5 mingga yaqin kishi halok boʻldi

Livanda bir yil ichida qariyb 2,5 ming kishi qurbon boʻldi.

Yaqin Sharq OAVlarining Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga asoslanib xabar berishicha, Isroilning Livanga bergan zarbalari natijasida oʻtgan yilning oktabr oyidan beri qurbon boʻlganlar soni 2350 kishiga yetdi.

Avvalroq 2,1 ming kishi halok boʻlgani haqida maʼlumot olingan edi.

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi 14 oktabr kuni Isroil hujumlarida 41 kishi halok boʻlgan va yana 124 kishi jarohatlanganini taʼkidladi.

2023 yil oktabrda Falastinning XAMAS harakati va Isroil oʻrtasida urush boshlandi.

Gʻazo sektorida keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlandi. Urush fonida Livanda joylashgan "Hizbulloh" jangarilari va Isroil harbiylari chegaradagi bir-birlarining pozitsiyalariga qarata oʻq uzishni boshladilar.

2024 yil sentabrida ayniqsa Livandagi vaziyat keskinlashdi. Isroilning bir kunlik hujumida 558 kishi halok boʻldi. Shuningdek, "Hizbulloh" yetakchilari ham oʻldirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid