platina.uz
Jahon

Ilon Mask uch oyda Tramp kampaniyasi uchun qariyb 75 million dollar hayriya qildi

Dunyoning eng boy odami boʻlgan milliarder soʻnggi paytlarda ochiqdan ochiq Trampni qoʻllab-quvvatlamoqda. 

Ilon Mask uch oyda Tramp kampaniyasi uchun qariyb 75 million dollar hayriya qildi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask uch oy davomida AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlash uchun deyarli 75 million dollar xayriya qildi. Bu haqda AQSh Federal saylov komissiyasi (FEC) xabar bermoqda.

FEC maʼlumotlariga koʻra, Maskning iyuldan sentabrgacha boʻlgan umumiy xayriyalari 74,95 million dollarni tashkil qilgan. 24 oktabr kuni saylov komissiyasiga yana bir hisobot taqdim etiladi, u 1 oktabrdan 16 oktabrgacha boʻlgan davrni qamrab oladi.

Avvalroq Mask Trampni "demokratiyani qutqara oladigan yagona shaxs" deb atagan edi.

Oktabr oyi boshida Pensilvaniyadagi mitinglardan birida Mask Tramp yonida ishtirok etdi.

U shuningdek, agar Tramp yutqazsa, boʻlajak prezidentlik poygasi oxirgisi boʻlishi mumkinligini aytdi. Maskka koʻra, agar saylovda demokrat nomzod Kamala Xarris gʻalaba qozonsa, migrantlar ovozi yordamida uning partiyasi yetakchilik qiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid