platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari ishdan olindi

Botir Alimbekov bu lavozimga 2024 yil yanvarda tayinlangandi.  

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari ishdan olindi

Toshkent viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari Botir Alimbekov ishdan olindi. Bu haqda prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Toshkent viloyatida qishloq yerlari Andijondan 1,5 karra koʻp. Lekin, yetishtiriladigan mahsulot hajmi bir xil. Viloyatda 1 gektardan oʻrtacha daromad Andijondan 2 karra, Namangan va Fargʻonadan 1,5 baravar, Buxorodan 1,3 baravarga kam.

Soʻnggi uch yilda viloyatdagi 21 ming gektar yer dehqonchilik uchun 51 ming nafar aholiga berildi. Lekin, yil boshidan bor-yoʻgʻi 72 million dollarlik meva-sabzavot eksport boʻldi. Bu – oʻtgan yilgidan kam.

Viloyatdagi samarasiz 2 ming 200 gektar bogʻ va tokzor hisobiga yiliga 10 million dollar eksport yoʻqotilayapti.

Suv tejovchi texnologiya boʻyicha Toshkent viloyati eng oxirgi oʻrinlarda.

Bu borada viloyat hokimining qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari Botir Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid