Oʻzbekistonning Global ochlik indeksidagi oʻrni eʼlon qilindi
Mamlakat aholisining 5 foizdan kamrogʻi oziq-ovqat muammosiga duch kelmoqda. Bu jahon va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi natijalardan sanaladi.

Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti ekspertlari tomonidan tuzilgan Global ochlik indeksiga koʻra, Oʻzbekistonda aholining 5 foizdan kamrogʻi doimiy oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda. Bu jahon boʻyicha eng yaxshi natijalardan biridir.
Qolgan Markaziy Osiyo respublikalari quyidagi oʻrinlarni egalladi:
Qirgʻiziston 6,8 ball bilan 127 davlat orasida 36-oʻrin;
Qozogʻiston – 25 va 5,3 ball;
Turkmaniston - 50 va 9,5 ball;
Tojikiston - 65 va 13,7 ball.
Bu mamlakatlarning deyarli barchasi "past" ochlik darajasi boʻlgan ishtirokchilar roʻyxatida, faqat Tojikiston "oʻrtacha" toifasida.
Ochlik bilan bogʻliq muammolar boʻlmagan TOP 10 ta davlatga Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili, Xitoy, Kosta-Rika, Xorvatiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Quvayt kiradi.
Reyting mualliflari Janubiy Sudan, Burundi, Somali, Yaman, Chadni ochlik muammosi ogʻir davlatlar deb tan oldi.