Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul Togʻayev vafot etdi

U II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali va boshqa madaniy tadbirlar sovrindori edi. 

Madaniyat
2 kun avval, 11:34
Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul Togʻayev vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul Togʻayev vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi. 

II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali sovrindori, koʻplab respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, davlat mukofotlari soxibi Baxshiqul baxshi Togʻayev 64 yoshida vafot etdi.

Baxshiqul baxshi Togʻayev 1960 yil 25 avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. U 2005 yil 20 mayda oʻtkazilgan “Baxshi-shoirlar”ning viloyat koʻrik-tanlovida 2-oʻrinni egallagan, 2007 yil 27-28 aprel kunlari “Baxshi-shoirlar, jirovlar va oqinlar”ning ananaviy 5-Respublika koʻrik-tanlovida yuqori badiiy saviyadagi dasturi hamda mukammal ijro mahorati uchun 3-oʻrinni egallab, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga 2021 yil 17-20 setyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida boʻlib oʻtgan II Xalqaro festivalida 3- oʻrin bilan taqdirlandi.

"Baxshiqul Togʻayev baxshichilik sanʼatini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targʻib etishda fidokorona xizmat qildi", deyiladi xabarda.

 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+